Abadiy döstlik va ittifoqçilik tajassumi: Toşkentda Qozoğiston Respublikasi kuni keng nişonlandi

Сурет: Қазақстан Республикасының Өзбекстан Республикасындағы Елшілігі
Poytaxtimizdagi zabardast mutafakkir Abay Qönonboyev haykali poyida qardoş Qozoğiston Respublikasining milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan taşkil etilgan mazkur anjuman ikki mamlakat örtasidagi tarixiy tomiri bir, muştarak riştalarning yana bir amaliy namoyişiga aylandi.
Tantanali marosimda Qozoğistonning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Yeraly Tuğjanov, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Uluğbek Şermatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi raisi Qahramon Sariyev, şuningdek, özbek va qozoq milliy madaniy markazlari rahbarlari, ziyolilar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirni oçar ekan, Elçi Yeraly Tuğjanov 1990-yil 25-oktyabrda qabul qilingan Qozoğiston SSR Davlat suvereniteti töğrisidagi Deklaratsiyaning mamlakat tarixidagi tub buriliş nuqtasi bölganini alohida ta’kidladi. Diplomatik vakolatxona rahbari mustaqil Qozoğistonning şakllaniş bosqiçlari, 1991-yildagi Semipalatinsk yadro poligonining yopilişidek tarixiy qaror hamda 1992-yilda BMTga a’zo böliş orqali xalqaro maydonda topgan e’tirofiga töxtalib ötdi. Y.Tuğjanov ikki qardoş davlat Rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi tufayli Özbekiston va Qozoğiston munosabatlari mustahkam döstlik, özaro işonç va strategik ittifoqçilik tamoyillari asosida yangi bosqiçga kötarilayotganini alohida e’tirof etdi.
Öz navbatida, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömita raisi Uluğbek Şermatov Qozoğiston xalqini qutluğ bayram bilan samimiy muborakbod etib, mustaqillik yillarida erişilgan tizimli yutuqlar va davlatçilik asoslarining mustahkamlanganini qayd etdi. Ikki tomonlama munosabatlarda parlamentlararo muloqotning roli ortib borayotgani, bu esa hududiy hamkorlik, özaro anglaşuv va köp qirrali aloqalarni çuqurlaştirişga xizmat qilayotgani aytib ötildi.
Milliy va madaniy muştaraklik haqida söz yuritgan Millatlararo munosabatlar qömitasi raisi Qahramon Sariyev uşbu bayramning Toşkent markazida birgalikda nişonlanişi çuqur ramziy ma’noga ega ekanini, bu holat yuqori darajadagi işonç va madaniy-gumanitar hamkorlikning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.
Anjumanda sözga çiqqan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Abdulla Rustamov, taniqli jamoat arbobi Faxriddin Qorataev hamda Özbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi Serikbay Usenov xalq diplomatiyasi, bağrikenglik va etnikalararo hamjihatlikni saqlaşda madaniy markazlarning beqiyos örni borligini qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, jamoatçilik tuzilmalarining faol faoliyati özbek va qozoq xalqlari örtasidagi abadiy döstlik va strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşda muhim poydevor bölib xizmat qilmoqda.
Bayramning badiiy qismida ikki qardoş xalqning boy madaniy merosini namoyon etuvçi jozibador milliy qöşiq va raqslar ijro etildi. Tadbirga alohida fayz kiritgan yoş avlod vakillarining samimiy tabriklari va samoga uçirilgan rang-barang şarlar döstlik, tinçlik va yoruğ kelajak ramzi sifatida qalblarda çuqur taassurot qoldirdi.
Kötarinki va samimiy ruhda ötgan mazkur tadbir Markaziy Osiyodagi ikki yirik va muştarak davlat — Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi abadiy döstlik riştalari barqaror va yengilmas kuç ekanini yana bir bor isbotladi.
Manzura Xasanova
Tohskent


